Yangiliklar

Yil davomida islomiy obligatsiyalar emissiyasi 15 foizga kamaydi

Bu haqda Kamco Invest xabar bermoqda
Foto: Moneyman

Kuvaytning Kamco Invest kompaniyasi hisobotiga ko‘ra, 2023-yilda sukuk (islom obligatsiyalari) emissiyasi hajmi 108 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2022-yilga nisbatan 15,2 foizga kamdir.

Saudiya Arabistoni sukuk emissiyasi bo‘yicha yetakchiga aylandi – ko‘rsatgich 38,4 milliard dollarni tashkil qildi. Shu bilan birga, davlat to‘rtinchi yil ketma-ket islom obligatsiyalarini chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.

Sukukning ikkinchi yirik emitenti Malayziya – 26,2 milliard dollar, uchinchi o‘rinda BAA – 4 milliard dollar.

Sukuk obligatsiyalarning islomiy ekvivalentidir. U moliyalashtirilgan loyihaning foydasidan olinadigan kafolatlanmagan daromadga asoslanadi.

Avvalroq, Kursiv Yevroosiyo taraqqiyot banki 2024-yilda 500 million dollarlik islom obligatsiyalarini chiqarishi haqida yozgan edi.