Apple o‘tgan yili bozorda yetakchilikni qo‘lga kiritib, smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zining asosiy raqobatchisi Samsungni chetlab o‘ta oldi. Buni IDC guruhi ma‘lumotlari tasdiqlaydi. Janubiy Koreyaning texnologik giganti so‘nggi 12 yil davomida ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallab turibdi.
2023-yilda iPhone ishlab chiqaruvchisi ishlab chiqarish hajmining o‘sishini ko‘rsata olgan yagona kompaniya bo‘ldi. Kompaniya etkazib berishni 3,7%ga oshirib, 234,6 mln donaga yetdi. Samsung esa 226,6 mln dona smartfon ishlab chiqargan.
Shunday qilib, o‘tgan yilning oxirida Apple’ning jahon bozoridagi ulushi 20,1%ga, Samsungniki esa 19,4%ga yetdi.
Kuchli uchlikni Xiaomi 145,9 mln dona smartfon va 12,5% bozor ulushi bilan yakunladi.
2023-yilda global smartfonlar yetkazib berish 3,2 foizga qisqarib, 1,17 mlrd donani tashkil qildi. Bunday past ko‘rsatkichlar so‘nggi o‘n yil ichida kuzatilmagan.
Avvalroq, Windows qisqa vaqt ichida Apple’ni ortda qoldirib, dunyoning eng qimmat kompaniyalari reytingida birinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lgani xabar qilingandi. O’tgan payshanba kuni Windows iPhone ishlab chiqaruvchisidan o’zib ketdi, biroq kechga yaqin vaziyat avvalgi holatiga qaytdi.
Eslatib o’tamiz, AQSh texnologiya giganti Apple kompaniyasi Xitoyda iPhone smartfonlarining rekord darajadagi savdosi haqida e’lon qilgan edi.