17-yanvar kuni Oʻzbekistonda tumanli ob-havo kuzatiladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                                                        
                            ( yangilandi)
                            
                                                            
                                    
                
                                    
                
                                    
                        “Oʻzgidromet” prognozini eʼlon qildi
                    
                            
Bugun, 17-yanvar kuni Oʻzbekistonning ayrim hududlariga tuman tushadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat 5-10 darajada iliq boʻladi. Bu haqida «Oʻzgidromet» maʼlum qildi.
Toshkent shahrida ertalab tumanli ob-havo kuzatiladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat 6-8 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlariga ham tuman tushishi mumkin, yogʻingarchilik boʻlishi ehtimoli kam. Harorat 2 daraja sovuq, 3 daraja iliqni tashkil etadi.
