Eron Pokistonga raketa hujumi uyushtirdi

eʼlon qilindi
Zarbalar “Adolat qoʻshini” jangari guruhining bosh qarorgohi tomon yoʻllangan.
Foto: wollertz / www.depositphotos.com

Eron soʻnggi ikki kun ichida uchinchi mamlakatga – Pokistonga raketa zarbalarini yoʻlladi. Bu haqida mahalliy OAVga tayanib RBK agentligi xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, zarbalar «Adolat qoʻshini» harbiy guruhining bosh qarorgohi tomon yoʻllangan. Sunniy jangari guruh vakillari salafiylik tarafdorlari boʻlib, Pokiston hududidan Eronning amaldagi hukumati bilan kurashib keladi.

«Adolat qoʻshini» avvalroq Eronning sharqiy viloyatlari – Seiston va Balujistonga ham zarbalar yoʻllagan edi. Shuningdek, jangarilar guruhi Rask shahridagi politsiya boʻlimida sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni oʻz boʻyniga olgan.

«Kursiv» yaqindagina Eron Iroq va Suriya hududiga raketa zarbalarini yoʻllagani haqida yozgandi.

Shuningdek