Fransiya tez orada Ukrainaga 40 ta «Scalp» qanotli raketasi, yuzlab bomba va «Caesar» oʻziyurar artilleriya qurilmalarini yetkazib beradi. Bu haqida mamlakat prezidenti Emmanuel Makron Kiyev safari oldidan maʼlum qildi, deb xabar bermoqda «Le Monde» nashri.
Prezidentning aytishicha, u fevral oyida Ukrainaga borishni rejalashtirgan.
Bundan tashqari, Ukrainaga qurol-yarogʻ yetkazib berish va mamlakat xavfsizligi kafolati toʻgʻrisidagi bitim matni ham allaqachon tayyor boʻlgan. Tez orada Fransiya Ukrainaga Makron nazarda tutgan qurol-yarogʻni yetkazib berishni boshlaydi.
Makron bir muddat avval Vashingtonning pozitsiyasi oʻzgargan holatda ham Bryussel Kiyevga yordam koʻrsatishda davom etishi kerakligi, chunki bu Yevroittifoq uchun oʻzining xavfsizligi masalasi ekani haqida aytib oʻtgandi.
Avvalroq, «Kursiv» Fransiya hukumati mamlakat tarixidagi eng yosh bosh vazir Gabriel Attal qoʻliga oʻtgani haqida yozgan edi.