«Paxtakor» auksionga qo‘yildi

eʼlon qilindi
15-fevralgacha arizalar qabul qilinadi
Foto: Championat.asia

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Paxtakor» futbol klubi MCHJ davlat ulushini sotib olish uchun arizalar qabul qilish boshlanganini ma’lum qildi.

Ariza beruvchilar o‘z takliflarini 2024-yil 15-fevralgacha E-Auksion orqali, taklif qilingan narxning kamida 5%ni tashkil etgan holda taqdim etish orqali dastlabki saralashda ishtirok etishlari mumkin.

Shundan so‘ng takliflar ko‘rib chiqish va tender g‘olibi to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasiga kiritiladi.

Biroq, aktivni sotib olishda xaridorga quyidagi talablar qo‘yiladi: futbol klubini saqlash, rivojlantirish va faoliyatini xalqaro darajaga olib chiqish; klubga qarashli barcha inshootlardan, shu jumladan futbol maydonidan faqat sport bilan shug‘ullanish uchun foydalanish; «Paxtakor» futbol klubi akademiyasini saqlash va rivojlantirish kerak bo‘ladi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Superligasining eng qimmat futbolchilari kimlar, deb xabar bergan edi.

Shuningdek