Toshkent viloyati Buka tumani hokimi etib kim tayinlandi

eʼlon qilindi
Nizomiddin Abbosov o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etdi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Xalq deputatlari Kengashi qarori bilan Baxtiyor Begmatov Toshkent viloyatining Buka tumaniga yangi rahbar etib tayinlandi, deb xabar qildi poytaxt viloyati hokimligi.

Tumanning sobiq hokimi Nizomiddin Abbosov sog‘lig‘i yomonlashgani sababli o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etdi.

Begmatov 1976 yilda tug‘ilgan. Taʼlimni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida olgan. 2001-yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Hokim etib tayinlanguniga qadar Toshkent viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Avvalroq, Kursiv O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yuzdan ortiq hokim o‘rinbosarlarini ishdan bo‘shatish to‘g‘risida buyruq berilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek