Yevropa ittifoqi HAMAS yetakchisini terrorchilar roʻyxatiga kiritdi

eʼlon qilindi
Endilikda uning aktivlari muzlatib qoʻyiladi
Foto: Nypost

Yevropa ittifoqi HAMAS tashkilotining Gʻazo sektoridagi yetakchisi Yahyo Sinvarni 2023-yilning 7-oktyabr kuni Isroilga uyushtirilgan hujumga aloqador shaxs sifatida terrorchilar roʻyxatiga kiritdi. Bu haqida Yevropa kengashi saytida maʼlum qilindi.

Endilikda Yahyo Sinvarning mablagʻ va aktivlari muzlatib qoʻyiladi, YeI mamlakatlari fuqarolariga u bilan hamkorlik qilish taqiqlanadi. Yevropa Ittifoqining hech bir tuzilmasi Sinvarni pul bilan ham, boshqa turdagi iqtisodiy manbalar bilan ham taʼminlay olmaydi.

Avvalroq, Falastinning HAMAS islom harakati Yevropa ittifoqi tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan edi.

AQSH hukumati esa Sinvarni 2015-yilda terrorchilar roʻyxatiga kiritgan.

Avvalroq, «Kursiv» HAMAS bilan urush Isroilga qanchaga tushgani haqida yozgan edi.

Shuningdek