Pokiston Eronga zarba berdi

eʼlon qilindi
Tinch aholi o'limi haqida xabar berilgan
Foto: wollertz / depositphotos.com

Pokiston Eronning zarbalariga ikki kundan keyin javob berdi. «Pokistonga qarshi» guruhlar jangarilarining bazalariga hujum uyushtirildi, deb xabar berdi Reuters razvedka xizmati vakiliga tayanib.

Eron OAV’ga ko‘ra, Pokistonning bir necha raketalari Siston va Balujiston viloyatidagi qishloqqa tushgan. Uch nafar ayol va to‘rt nafar bola halok bo‘lishdi. Pokiston tomonidan bu fakt tasdiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Eron hafta boshida Pokistonga zarbalar bergan. Nishon Eronning amaldagi hukumatiga qarshi kurashayotgan «Adolat armiyasi» guruhining bosh qarorgohi edi.

Shuningdek