UzAirways’ning ikkita samolyoti Toshkentga qo‘na olmadi

eʼlon qilindi
Tuman tufayli
Foto: UzAirways

«Uzbekistan Airways»ning Rossiyadan uchayotgan samolyotlari tuman sabab Toshkentga qo‘na olmadi. Ekipaj guruhi muqobil aerodromga uchishga qaror qildi, deb xabar berdi UzAirways.

2024-yil 18-yanvar kuni noqulay ob-havo sharoiti tufayli kompaniyanig bir necha reyslari yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. HY602 Moskva – Toshkent va HY708 Vladivostok – Toshkent reyslari Samarqand muqobil aeroportiga yo‘naltirildi. Bunga Toshkent xalqaro aeroportida ob-havo sharoitining keskin yomonlashgani sabab bo‘lmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» Uzbekistan Airways Rimga parvozlarni qayta tiklaydi, deb e’lon qilgan edi.

Shuningdek