Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi rahbari ishidan ayrildi

eʼlon qilindi
Prezident agentlik faqatgina forumlar oʻtkazish bilan ovora boʻlib qolganini tanqid qildi.
Foto: OʻzR Prezidenti matbuot xizmati

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi rahbari M.Mirzayev prezident koʻrsatmasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.

Prezident Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligining faqatgina forumlar oʻtkazish bilan mashgʻul boʻlib qolganini tanqid qilgan.

Davlat rahbari shuningdek, bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayevga yangilangan investitsiya dasturini kiritish vazifasini topshirdi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayevga ham jiddiy ogohlantirish bergan edi.

Shuningdek