2023-yilda Oʻzbekistonga 1,4 million nafar ziyoratchi tashrif buyurgan

eʼlon qilindi
Bu haqida Turizm qoʻmitasi maʼlum qildi
Foto: Unsplash

Oʻtgan yili Oʻzbekistonga 1,4 million nafar ziyoratchi tashrif buyurdi. Bu haqida Turizm qoʻmitasi maʼlum qildi.

Ziyoratchilarning eng koʻpi – 428 ming nafari Tojikistondan kelgan. Qirgʻizistonlik ziyoratchilar soni 335 ming, qozogʻistonlik ziyoratchilar soni esa 283 ming nafarni tashkil etgan.

Shuningdek, oʻtgan yili Oʻzbekistonga boshqa konfessiyalar – nasroniy, yahudiy va buddizm dini vakillari ham tashrif buyurganlar. RFdan kelgan ziyoratchilar soni 98 ming, xitoylik ziyoratchilar soni 8,2 ming, yaponiyalik ziyoratchilar soni esa 3,2 ming nafarni tashkil etgan. Isroil davlatidan 6,4 ming nafar ziyoratchi qabul qilingan.

Avvalroq, «Kursiv» 2022-yilda Oʻzbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangani haqida yozgandi.

Shuningdek