Bloomberg: Qizil dengizdagi tartibsizlik global oziq-ovqat ta’minotiga ta’sir qila boshladi

eʼlon qilindi
Savdo kemalariga qilingan hujumlar tufayli
Foto: AlJazeera

Bloomberg ta’kidlashicha, Qizil dengizdagi yuk tashishning uzilishi global oziq-ovqat ta’minotiga ta’sir qila boshladi.

Hozirda Yamanning «Ansor Alloh» (husiylar) guruhi Yevropa, Osiyo va Sharq uchun muhim savdo yo‘lini nazorat qiladi. Husiylar Isroil, AQSh va ba’zi Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan bog’liq bo’lgan savdo kemalariga hujum qilmoqda.

Shu sababli, yevropalik meva, sabzavot va boshqa mahsulotlarni eksport qiluvchilar yo‘nalishlarini o‘zgartirishga majbur bo‘lmoqda, bu esa ularning narxini oshiradi.

«Bu vaziyatda hamma yutqazadi», dedi Nitin Agraval, Hindistonning Euro Fruits uzum eksport kompaniyasining boshqaruvchi direktori.

Ayni paytda hududdagi vaziyat kundan-kunga qizib bormoqda. 12-yanvar kuni AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar husiylar pozitsiyalariga ilk bor zarbalar berdi. O‘z navbatida husiylar Amerika va Isroil kemalariga raketa otishni davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning noyabr oyida «Ansor Alloh» Isroil kemasini qo‘lga kiritgan edi. Guruh Qizil dengizdagi har qanday Isroil va Amerika kemalariga hujum qilishga va’da berdi.

Avvalroq, Kursiv husiylarning hujumlari dengizdagi yuk tashishning 20 foizini to‘xtatgani haqida yozgan edi.

Shuningdek