Yangiliklar

“Paxtakor”ni xususiylashtirish to‘xtatildi

Bu qaror jamoatchilik fikrini o‘rganib chiqqandan keyin qabul qilingan
Foto: «Paxtakor»

Oʻzbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) «Paxtakor» futbol klubini (FK) xususiylashtirish boʻyicha ochiq savdolar toʻxtatilganini eʼlon qildi, deya xabar beradi agentlik sayti.

DABA bayonotida aniqlik kiritilishicha, bu qaror jamoatchilik fikrini o‘rganib chiqqandan keyin qabul qilingan.

Avvalroq, «Kursiv» mashhur klubni xususiylashtirish jarayoni boshlangani haqida yozgandi.