Samarqandda fuqaro Makarov pistoletini $10 mingga sotmoqchi boʻldi

eʼlon qilindi
Uning uyidan “Montekristo” toʻpponchasi ham chiqqan.
Foto: DXX

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Samarqand viloyatining Jomboy tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda «Makarov» pistoleti va uning oʻq-dorilarini 10 ming dollar evaziga sotmoqchi boʻlgan fuqaroni qoʻlga oldilar.

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning uyidan «Montekristo» toʻpponchasi va turli oʻq-dorilar topilgan. Fuqaroning zaharli moddalar noqonuniy aylanmasi va kontrabanda uchun avval ham sudlangani aniqlangan.

Maʼlumot uchun, «Montekristo» toʻpponchasi fransuz qurol ustasi Flober tomonidan 1842-yilda ishlab chiqilgan. Bugungi kunda ushbu qurol turidan nishonlarni moʻljalga olish uchun foydalaniladi.

«Makarov» pistoleti esa Nikolay Makarov tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, XX asrning 50-yillaridan boshlab sobiq ittifoq qoʻshini va huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qoʻllanila boshlangan.

Avvalroq, «Kursiv» poytaxtga oʻq-dorilarni goʻsht ichiga yashirib olib kirishga urinish holati boʻlgani haqida yozgandi.

Shuningdek