Senat qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish uchun “yashil energiya” sertifikatlarini joriy etishni qo‘llab-quvvatladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Hujjat Senatning 49-yig‘ilishida ko‘rib chiqildi
Foto: Oliy Majlis

Senatorlar qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish uchun «yashil energiya» sertifikatlarini joriy etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ma’qulladilar. Hujjat Senatning 49-yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, quvvati 300 kVt va undan yuqori bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinadigan energiya ushbu manbalar maxsus davlat organida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingina yagona energiya tizimiga ulanishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, «yashil energiya» sertifikatlarini sotishdan olingan foyda daromad solig’idan ozod qilinadi.

Senatorlarning fikricha, qonun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan ijtimoiy, uy-joy-kommunal sohalarida va iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanishni kengaytirish va energiya taqchilligi muammosini hal qilishga yordam beradi.

Avvalroq, «Kursiv» O’zbekistonda havoning ifloslanishi muammosini qanday hal qilish mumkinligi haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek