Yangiliklar

Toshkent havosi ikki barobar tozalandi

Ammo nafas olish yo‘llari kasalliklari bilan og'rigan odamlar uchun hali ham zararli
Foto: Piqsels

19-yanvar, juma kuni Toshkent havosida PM2,5 zararli moddalari kontsentratsiyasi me’yordan 11,1 baravarga oshdi. Bu chorshanba kungidan qariyb ikki baravar kam, deb xabar berdi Oʻzgidromet.

Eslatib o‘tamiz, 17-yanvar kuni poytaxt havosida PM2,5 miqdori me’yordan 23,8 baravar ko‘p bo‘lgan edi.

Shu bilan birga, chorshanba va juma kunlari ham atmosferadagi mayda zarrachalar PM10 va CO kontsentratsiyasi normadan oshmadi.

PM2.5 asfalt, avtomobil shinalari va kukunli mineral tuzlarning eng kichik zarralarini dar iborat bo‘ladi.

Atmosferada PM2,5 ning yuqori darajasi aholining zaif qatlamlari uchun xavflidir. Ushbu toifaga nafas yo’llari va yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bo’lgan odamlar kiradi.

Avvalroq Kursiv 16-yanvar kuni Toshkent havosidagi PM2,5 miqdori me’yordan 13,5 baravar yuqori bo‘lgani haqida yozgan edi.