Ob-havo yomonlashgani sababli Toshkentga uch samolyot qo‘na olmadi

eʼlon qilindi
Ular Samarqandga kelib qo‘ndi
Foto: Uzbekistan Airports

Kechagi tuman Toshkent aeroporti ishini murakkablashtirdi. Noqulay ob-havo tufayli uchta samolyot aeroportga qo‘na olmadi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.

Gap Fukuokadan HH2234 Qanot Sharq, Buxorodan US802 Silk Avia va Rigadan HY-212 reyslari haqida bormoqda. Bu samolyotlarning barcha ekipajlari Samarqanddagi muqobil aerodromga ketishga qaror qilishdi.

«Kursiv» nashrining yozishicha, shanba kuni ertalab tuman Buxoro aeroporti faoliyatini cheklagan.

Shuningdek