O’zbekiston qaysi davlat bilan diplomatik aloqalar o’rnatdi

eʼlon qilindi
Bu haqda respublika Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi
Foto: O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston 145-davlat bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Ushbu mamlakat — Ugandaga aylandi, deb xabar berdi respublika Tashqi ishlar vazirligi (TIV).

Tegishli kommunike O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aloyev va Uganda tashqi ishlar vaziri Jeje Odongo tomonidan Kampala shahrida imzolandi.

Mamlakatlarning tashqi siyosat idoralari vakillari siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uganda Sharqiy Afrikada joylashgan. Mamlakat Janubiy Sudan, Kongo, Keniya va Tanzaniya bilan chegaradosh. Millatlar Hamdo’stligi a’zosi.

Avvalroq, Kursiv Qatarda O‘zbekiston elchixonasi ochilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek