Xitoy maktabining yotoqxonasida sodir bo‘lgan yong‘inda o‘ndan ortiq odam halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Bir kishi yaralangan
Foto: Xinhua News Agency

Kecha kechqurun Xitoyning Nanyan shahridagi Yingcai maktabi yotoqxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. 13 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Sinxua agentligi.

Favqulodda xizmatlarga yotoqxonada yong‘in chiqqani haqida soat 23:00 da qo‘ng‘iroq kelib tushgan. Yong‘in soat 23:38 da o‘chirilgan. Fojia sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

O’lgan 13 kishidan tashqari, bir kishi jarohatlangan. U kasalxonaga yotqizilgan, ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

Avvalroq, Kursiv 2023-yil noyabr oyi oxirida Olmaota shahridagi Adi Sharipov ko‘chasidagi yotoqxonada sodir bo‘lgan yong‘in haqida yozgan edi. 13 nafar mehmon, jumladan, ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

Shuningdek