Desantis AQSh prezidentlik poygasidan voz kechdi

eʼlon qilindi
Va Trampni qo‘llab-quvvatladi
Foto: Reuters

Florida gubernatori Ron Desantis saylovoldi kampaniyasini yakunladi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida (AQSh) bo‘lajak prezidentlik saylovlarida u sobiq davlat rahbari va Respublikachilar partiyasidagi raqibi Donald Trampni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi, deb xabar berdi Reuters.

Desantis Ayova shtatidagi Respublikachilar partiyasi deb ataladigan kokusda Trampga yutqazganidan bir hafta o’tib, o’z lavozimini tark etdi. Gap partiya tarafdorlari tomonidan mamlakat prezidentligiga da’vogar nomzodlar uchun ovoz berish haqida bormoqda.

Shu tariqa, Trampning respublikachilar partiyasidan nomzodlik uchun kurashda faqat bitta raqibi qoldi – AQShning BMTdagi sobiq elchisi Nikki Heyli.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning bahorida Desantis prezidentlik kampaniyasi uchun Trampdan ikki baravar ko‘p pul yigi‘shga muvaffaq bo‘lgan edi.

Shuningdek