O‘zbekiston fuqarolari Amerika vizasini olish uchun necha marotoba rad javobini olishgan

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
O'zbekistonda rad etish ko‘rsatkichi eng yuqori
Foto: Shutterstock

O‘tgan yili AQSh hukumati O‘zbekiston fuqarolarining 59,56 %ga noimmigratsion vizalar (B toifasidagi vizalar) berishdan bosh tortgan. Buni AQSh Davlat departamenti ma’lumotlari tasdiqlaydi.

Bu Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. O‘tgan yili ushbu toifadagi vizalar ko‘proq qirg‘izistonliklarga (41,54%rad etish darajasi) va qozog‘istonliklarga (41,93%) berilgan. Turkmaniston va Tojikiston fuqarolari orasida deyarli har ikkinchi odamga rad javobi berilgan – 51,10% va 54,96%.

Rad javobini olganlar soni O‘zbekiston fuqarolariga qaraganda faqat to‘qqizta davlatda ko‘proq – Shimoliy Koreya (100%), Palau (100 %), Mikroneziya (100%), Liberiya (78,1%), Mavritaniya (76,43%), Laos (72,79%), Somali (69,89%), Nikaragua (65,6%), Mali (60,1%).

Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va O‘zbekiston viza rejimini bekor qilishi ma’lum bo‘lgan edi.

Shuningdek