O‘zbekiston oltin eksportini ikki baravarga oshirdi

eʼlon qilindi
Yetkazib berish hajmi 8 mlrd dollardan oshdi
Foto: Unsplash

O‘zbekiston 2023-yilda 8,1 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bu bir yil avvalgidan ikki baravarga ko’proq, deya xabar beradi davlat Statistika agentligi.

Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil boshida mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari 34,5 mlrd dollarga yetgan va 2023-yilning dekabriga nisbatan bu koʻrsatkich 1,7 mlrd dollarga oshgan.

O‘tgan yilning noyabr oyida Markaziy bank 11 tonna oltin sotgan edi. Bu unga jahon regulyatorlari orasida qimmatbaho metalning eng yirik sotuvchisiga aylanish imkonini berdi.

Avvalroq, «Kursiv» 2023-yil dekabr oyi boshida besh grammlik oltin quymasining narxi birinchi marta 4,2 mln so‘mga yetganini yozgan edi.

Shuningdek