2023-yilda Ati.su birjasi orqali O‘zbekistonga yuk tashish bo‘yicha murojaatlar soni 51 foizga oshdi, deb xabar berdi «Kursiv»ga birja matbuot xizmati.
Shu bilan birga, ushbu turdagi xizmatlar narxi yil davomida chorak barobarga oshgan.
Eksport yetkazmalarida esa teskari tendensiya kuzatilmoqda. O‘tgan yili eksport arizalari soni 24 foizga kamaygan, narxlar esa 34 foizga oshgan.
Ati.su shuningdek, respublika bo’ylab ichki transportga bo’lgan talabning bir necha barobar ortganini qayd etdi. Ushbu ko‘rsatkichning o‘sishi iqtisodiyotning va xususan, onlayn savdo bozorining faol rivojlanishidan dalolat beradi.
«Ammo bu yerda mutlaq raqamlar kichik – ichki yo’nalishlarning aksariyatida yuk jo’natuvchilar raqamli xizmatlarga murojaat qilmasdan, yetkazib beruvchilarni an’anaviy usullarda topishni afzal ko’rishadi», – deyiladi birja hisobotida.
Avvalroq, «Kursiv» Rossiyaning «Boxberry» kompaniyasi O‘zbekistondan Rossiya Federatsiyasiga posilkalar yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgani haqida e’lon qilgan edi.