Markaziy bank O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi oshishini kutmoqda

eʼlon qilindi
10-15% ga oshishini prognoz qilmoqda
Фото: alex150770/Depositphotos

O‘zbekiston Markaziy banki 2024-yilda pul o‘tkazmalari hajmi 10-15 foizga, ya’ni 12-12,5 mlrd dollargacha oshishini prognoz qilmoqda. Bu haqda Markaziy bankning mehnat bozori sharhida aytiladi.

Ma’lum qilinishicha, mehnat muhojirlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratilishi va xorijdagi ishchilarga bo‘lgan talab joriy yilda migratsiya hamda pul o‘tkazmalari dinamikasini saqlab qolishga yordam beradi.

2023-yilda mamlakatga transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 2022-yildagi 3 foizga nisbatan 14 foizga oshdi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning bahor faslida Osiyo taraqqiyot banki Rossiya Federatsiyasidan Markaziy Osiyo mamlakatlariga pul oʻtkazmalari boʻyicha ijobiy tendensiyani qayd etgan edi.

Avvalroq, «Kursiv» o‘tgan yilning dekabr oyi boshida KWIKPAY to‘lov tizimi O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ygani haqida xabar bergandi.

Shuningdek