Yangiliklar

O‘zbekistonda naqd pul muomalasi hajmi o‘sishda davom etmoqda

Naqd pul tushumi 669 trl so‘m
Foto: depositphotos.com

2023-yilda naqd pul tushumlarining umumiy miqdori 669 trln so’mni tashkil etdi, bu 2022-yilga nisbatan 28 foizga ko‘proqdir, deb sharh tayyorladi Markaziy bank.

Shu bilan birga, terminallar orqali tushumlar ulushi 34 foizdan 38 foizga ko‘tarilgan, savdo va xizmatlar sohasi terminallaridan tushumlar ulushi esa 37 foizdan 40 foizga oshgan.

Banklar orqali naqd pul aylanmasi ham 19 foizga oshib, 831 trln. so’mni tashkil etgan. Banklarga naqd pul tushumi 20 foizga oshgan va 414 trln soʻmlik koʻrsatkichni qayd etgan.

Bank kassalaridan, jumladan, bankomatlardan naqd pul yechib olish 17 foizga oshdi va 417 trln so‘mni tashkil etdi.

Bank kartalariga kirim hajmi 1,4 barobar oshib, 789 trln so‘mga yetdi, 189 trln so‘m esa naqd qilindi. Bu kartalar bo’yicha tushumlarga oid umumiy summaning 24 foizini tashkil etadi. 

Naqd pulning umumiy pul massasidagi ulushi 0,8 foizga kamaydi va 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, 21,5 foizni tashkil etdi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi oshishi haqida e‘lon qilgandi.