Qozogʻistonlik seysmologlar yana 4 ta yer silkinishini qayd etishdi

eʼlon qilindi
Ulardan biri Olmaotada sezilgan.
Foto: gmac84/Depositphotos

Qozogʻistonning Seysmologiya tajriba-medotik ekspedisiyasi (STME) yangi yer osti silkinishlarini qayd etdi.

Jumladan, seysmologlar Toshkent vaqti bilan soat 12:19 da 4,5 balli yer qimirlashini payqashgan. Uning silkinish kuchi Qozogʻiston hududi boʻylab sezilmagan.

Soat 14:07 da epitsentri Xitoy hududida boʻlgan zilzila Olmaotada ham sezilgan, uning silkinish kuchi 2 ballni tashkil qilgan.

Soat 14:23 va 14:24 da Xitoyda 4,8 va 4,9 balli zilzilalar sodir boʻlgan. Silkinishlar kuchi Qozogʻistonda sezilmagan.

Avvalroq, «Kursiv» kecha tunda sodir boʻlgan zilziladan soʻng Olmaotada istiqomat qiluvchi 44 nafar fuqaro tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek