Surxondaryoda MCHJ qasddan bankrotlikka olib kelingani fosh boʻldi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan JKning 184 va 181-1-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Foto: Prokuratura Departamenti

Surxondaryo viloyatida «P.T.» MCHJ 841,8 mln soʻm debitorlik qarzi boʻlishiga qaramasdan qasddan bankrotlikka olib kelingani aniqlandi. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati maʼlum qildi.

MCHJ rahbari korxonaning toʻlovga qobiliyatsiz deb topilishi va faoliyati tugatilishi jarayonida qarzga oid maʼlumotlarni qasddan yashirgan. Termiz tumanlararo Iqtisodiy sudining tugatish toʻgʻrisidagi ajrimiga asosan 369,9 mln soʻm soliq qarzini hisobdan chiqargan holda soliq va boshqa majburiy yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlangan.

Holat yuzasidan JKning 184 va 181-1-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida 1,5 milliard soʻmlik kredit mablagʻlari oʻzlashtirilgani haqida yozgandi.

Shuningdek