Zilzila paytida qanday qoidalarga rioya qilish kerak

eʼlon qilindi
Kursiv tegishli ma'lumotlarni to'pladi
Foto: Piqsels

22-yanvarga o‘tar kechasi Xitoy va Qirg‘iziston chegarasida bir qator yer silkinishlari sodir bo‘ldi.

Toshkent shahri va mamlakatimizning boshqa hududlarida zilzila kuchi uchdan to‘rt ballgacha bo‘lgan.

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi zilzila davlatning bir nechta viloyatlarida ham sezilganini ma’lum qildi. Olmaotada zilzila kuchi besh ballga yetdi.

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Olmaotada 44 kishi jabrlangan.

Kursiv zilzilaga qanday tayyorgarlik ko’rish va yer silkinishi paytida nima qilish kerakligi haqida ma’lumot to’pladi.

Zilzilaga qanday tayyorgarlik ko’rish kerak

O‘zbekiston Seysmologiya institutining eslatmasi binoni tezda tark etishingiz mumkin bo‘lgan marshrut haqida oldindan o‘ylab ko‘rishni tavsiya qiladi.

Mutaxassislar oxirgi chora sifatida uyingizda xavfsiz joylarni belgilashni taklif qilishadi: eshiklar yaqinidagi o’tish joylari, stol ostidagi joy va burchaklar.

Birinchi yordam ko’rsatish asoslarini o’rganish va uyda dori-darmonlar va birinchi yordam vositalarini saqlash tavsiya etiladi.

Kuchli silkinishlar paytida nima qilish kerak

Agar siz devorlari loy yoki pishgan g’ishtdan yasalgan uyda yoki ko’p qavatli uyning birinchi qavatida yashasangiz, zilzila boshlanganidan keyin 15-20 soniya ichida darhol uydan chiqib ketishingiz kerak.

Elektr simlaridan, gaz quvurlari yaqiniga bormaslik va ochiq maydonda zilzila tugashini kutish kerak.

Institut mutaxassislari ko‘p qavatli uylarda lift, zinapoyadan foydalanmaslikni, ikkinchi yoki undan yuqori qavatda yashayotgan bo‘lsangiz, derazadan sakrab tushmaslikni tavsiya qiladi.

Agar binoni tark etishga vaqtingiz bo’lmasa, unda siz binodagi eng xavfsiz joyni tanlashingiz va yordam kutishingiz kerak.

Zilziladan keyin nima qilish kerak

Yerosti silkinishlari tugagandan so’ng, mutaxassislar podval eshiklarini ochishda ehtiyot bo’lishni maslahat berishadi, chunki gips, ustunlar yoki boshqa og’ir narsalar sizning ustingizga tushishi mumkin.

Bundan tashqari, takroriy silkinishlar (aftershoklar) asosiy zilziladan keyin bir necha daqiqa, soat va ba’zan bir necha kundan keyin sodir bo’lishi mumkin.

Shuningdek, mobil tarmoqni ortiqcha yuklashning hojati yo’q, chunki bu qutqaruv xizmatlarining samaradorligini kamaytirishi mumkin.

Shuningdek, zilzila haqida yolg‘on ma’lumot tarqatmaslik ham zarur.

Avvalroq, Kursiv O‘zbekistonda zilziladan ogohlantirish uchun Zilzila Mobile ilovasi yaratilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek