Germaniya sudi Forbes nashriga Alisher Usmonovni Putinning vakili deb atashni taqiqladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Sud nashr tomonidan eʼlon qilingan maqoladagi ayrim maʼlumotlarni asossiz deb topdi.
Foto: Andrey Rudakov / Bloomberg

Gamburg sudi Amerikaning «Forbes» nashriga rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Vladimir Putinning vakili ekani va uning «biznesga oid muammolarini hal qilgani» haqidagi maʼlumotlarni tarqatishni taqiqladi.

«Forbes» nashrining 2022-yil 2-fevral kuni chop etilgan maqolasida Ukrainadagi inqiroz tufayli AQSH sanksiyalariga duchor boʻlishi kutilayotgan rossiyalik milliarderlar haqida soʻz borgan. Ammo sud jarayonida faqatgina Alisher Usmonovga tegishli ayblovlar koʻrib chiqilgan.

Himoyachi tomon maqolada keltirib oʻtilgan va «Usmonov Putinning vakili sifatida uning “biznesga oid muammolarini hal qilgani» haqidagi ayblovlar asossiz ekanligini taʼkidlagan. YeI maqoladagi aynan shu jumlalarga ishora qilib, tadbirkorga qarshi sanksiya qoʻllagan. Usmonovning advokatlari maqoladagi ushbu ayblovlarni uydirma va yolgʻon deb atashgan.

Sud jarayonida «Forbes» maqoladagi maʼlumotlarni taqdim etgan manbani oshkor qilishdan bosh tortgan. Bundan tashqari, nashr Usmonov Putinning biznesga oid muammolarini qachon va qanday usulda hal qilganini isbotlab bera olmagan. Natijada sud jurnalga tadbirkorga oid ushbu maʼlumotlarni tarqatishni taqiqlab qoʻygan.

Eslatib oʻtamiz, Yevropa Ittifoqi 2022-yilning fevral oyi oxirida, Rossiya-Ukraina mojarosi boshlanganidan keyin rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalar qoʻllagan edi. Oʻsha yilning mart oyida esa AQSH va Buyuk Britaniya ham unga nisbatan sanksiya eʼlon qilgan.

Shuningdek