Rossiyaning Tolyatti shahrida jurnalist bo‘lib ishlayotgan o‘zbekistonlik Seydamet Abrekov Rossiya armiyasini «obro‘sizlantirishda» gumonlanmoqda, deb yozadi «Kommersant».
Samarada Abrekovning nashrlari bo‘yicha lingvistik ekspertiza o‘tkazilmoqda. Huquq-tartibot idoralari jurnalistni ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Qurolli kuchlarini «obro‘sizlantirish»ga qaratilgan postlar joylashtirganlikda gumon qilmoqda.
«Kommersant» Abrekov tadbirkor Denis Volkovga tegishli «Xronograf» nashrida ishlaganini ahamiyatga olishgan. OAV ma’lumotlariga ko’ra, u hibsga olingan Samara viloyati birinchi vitse-gubernatori vazifasini bajaruvchi Viktor Kudryashov bilan aloqador.
«Kursiv» 2023-yil fevralida bloger Abror Muxtor Aliy hamkasbi Nikita Makarenko haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgani uchun O‘zbekistonda jarimaga tortilgani haqida yozgan edi.