Somon Air Dushanbe va Toshkent o‘rtasidagi parvozlar sonini oshiradi

eʼlon qilindi
Haftasiga 3 martagacha
Foto: Somon Air

Tojikistonning «Somon Air» aviakompaniyasi Dushanbe – Toshkent – Dushanbe yo‘nalishida parvoz qiluvchi qo‘shimcha reysni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqida «Uzbekistan Airports» xabar berdi.  

Bunga qadar ikki shahar o‘rtasidagi parvozlar haftasiga ikki marta – dushanba va juma kunlari amalga oshirib kelingan. Endilikda ularga qo‘shimcha ravishda haftaning chorshanba kunlarida ham parvoz qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Yo‘lovchilarni manzilga yetkazish uchun Boeing 737-800 samolyotidan foydalaniladi.

aviasales.uz xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentdan Dushanbega «Somon Air» samolyotlarida amalga oshiriladigan parvoz chiptasi narxi 823 ming so‘mdan boshlanadi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston va XXR ikki mamlakat o‘rtasidagi parvozlar sonini haftasiga 100 martagacha oshirishi haqida yozgandi.

Shuningdek