25-yanvar kuni Oʻzbekistonda yomgʻirli ob-havo boʻlishi kutilmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Ayrim hududlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin.
Foto: Depositphotos

Bugun, 25-yanvar kuni respublikaning aksariyat hududlarida yomgʻir yogʻishi, kechga yaqin qorga aylanishi kutilmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatining ayrim hududlariga tuman tushadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Bu haqida «Oʻzgidromet» maʼlum qildi.

Toshkent shahrida havo harorati 7-9 daraja iliqni tashkil etadi. Kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻib, qorga aylanishi mumkin.

Respublikaning togʻli hududlari ham qor yogʻishi, tuman tushishi prognoz qilingan. Toshkent va Namangan viloyatining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi mavjud.

Shuningdek