Humo va Uzcard integratsiyasi 2024-yilning birinchi choragi oxirigacha yakunlanishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Saydullaev 25-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
2023-yilda bankomatlar integratsiyalashganidan so‘ng, jarayon terminallar bilan ham o’tishi kerak edi, ammo bu sodir bo‘lmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘lov operatorlari turli dasturlardan foydalangan va integratsiyaning kechikishi texnik savollar bilan bog‘liq.
Bir nechta banklarda test ishlari yakunlandi, bu Trastbank, Infinbank va Apex Bank’ga tegishli, dedi Saydullaev. Bu jarayon, Markaziy bank raisi o‘rinbosarining prognozlariga ko‘ra, birinchi chorak yakuniga qadar barcha bank tizimiga tarqaladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabr oyida Humo tizimidagi nosozliklar dasturiy ta’minot yangilanishi bilan bog‘liq edi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston prezidenti Humo to‘lov tizimini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzolagani haqida yozgan edi.