O‘zbekiston Markaziy Osiyoda YTTB moliyalashtirishning asosiy oluvchisiga aylandi

eʼlon qilindi
Foto: N-Link.az

O‘zbekiston ketma-ket to‘rtinchi yildirki Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) tomonidan moliyalashtirishning yetakchi oluvchisi bo‘lib qolmoqda, dedi bankning Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jujanna Hargitay.

2023-yilda moliya instituti mamlakatimizdagi 1,2 mlrd yevrodan 700 mln yevrodan ortiq loyihalarni moliyalashtirdi.

Qolgan mablagʻ Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Moʻgʻulistondagi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga sarflandi.

Loyihalarning 70 foizidan ortigʻi xususiy sektorga, investitsiyalarning 60 foizi esa «yashil» tashabbuslarga toʻgʻri keldi.

Shuningdek, bank Markaziy Osiyo mintaqasida yoshlar biznesini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yetti yillik dasturni ishga tushirdi.

Avvalroq, «Kursiv» 2023-yilda YTTBning investitsiya loyihalari portfeli rekord darajadagi 13,1 mlrd yevroga yetganini yozgan edi.

Shuningdek