O‘zbekistonda investitsiya faolligi 22 foizga oshdi

eʼlon qilindi
O‘tgan yil bo‘yicha ITIM ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: SergeyNivens/Depositphotos

Mamlakatimizda investorlar faolligi 2023-yilda 22,1 foizga o‘sdi, deya xabar beradi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM).

O‘tgan yili O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 58,9 foizga o‘sdi.

Markazlashtirilgan investitsiyalar ulushi 12,7 foizgacha kamaygan, markazlashtirilmagan investitsiyalar esa 87,3 foizgacha oshgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublikaga xorijiy investorlar tomonidan 91,8 trLn so‘m jalb qilingan. Sirdaryo, Buxoro va Jizzax viloyatlari chet el mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha yetakchi bo‘lishdi.

2024-yilda O‘zbekiston hukumati respublika iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etish bo‘yicha sa’y-harakatlarni faollashtirish niyatida.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston YTTBdan Markaziy Osiyoda asosiy moliya oluvchiga aylangani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek