Qashqadaryo viloyatida 765 million so‘mlik shag‘al noqonuniy qazib olindi

eʼlon qilindi
Qoidabuzarlik Mirishkor tumanida aniqlandi
Foto: Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida tadbirkor tomonidan qiymati 765,6 million so‘mlik qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy ravishda qazib olingan, deb xabar berdi Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

«M.T.» MChJ tomonidan ijaraga olingan hududda jami 12 ming kub metrdan ortiq shag‘al va qum qazib olingan. Qoidabuzarlik «Shodlik» mahallasida aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Kursiv Samarqand viloyatidagi korxona 753 million so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek