Andijonda buyum bozori yonib ketdi – video

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Voqea 25-yanvardan 26-yanvarga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan
Foto: videodan skrinshot

Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi buyum bozorida yong‘in sodir bo‘ldi, deb yozadi O‘zR FVV.

Voqea 25-yanvardan 26-yanvarga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Mahalliy favqulodda vaziyatlar bo‘limiga yong‘in haqida soat 23:30 da xabar berilgan. Yong‘inni o‘chirishga 20 ta o‘t o‘chirish brigadasi jalb etilgan bo‘lib, ular 26-yanvar kuni soat 01:53 ga qadar yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Yong‘in maydoni 700-800 kvadrat metrni tashkil etdi. Halok bo‘lganlar va qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Yong‘in sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 15-yanvar kuni Sergeli tumanidagi metro bekatlaridan biri yaqinidagi minimarket yonib ketgan edi.

Shuningdek