AQSh Il-76 halokatiga aloqador emasligini ma’lum qildi

eʼlon qilindi
Davlat departamenti shunday bayonot bilan chiqdi
Foto: e.kryzhanivsky / www.depositphotos.com

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Rossiyaga tegishli bo‘lgan Il-76 samolyoti halokatiga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu haqida Davlat departamenti vakili Vedant Patelning bayonotiga tayanib «Interfaks» agentligi ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy haftaning chorshanba kuni Rossiyaning Belgorod viloyatida Il-76 harbiy transport samolyoti halokatga uchragan edi. Samolyot bortida 60 nafardan ortiq asir tushgan ukrainalik harbiylar, shuningdek ekipaj a’zolari va huquq-tartibot idoralari xodimlari bo‘lgan. Halokatdan yo‘lovchilarning hech biri omon qolmagan. RF Mudofaa vazirligi esa buni terakt deb atagan.

Avvalroq, «Kursiv» Rossiya taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Ukraina Qurolli kuchlariga tegishli bo‘lgan raketalar bilan urib tushirilgani haqida yozgandi.

Shuningdek