BYD avtomobillari o‘zbek tilida gapirishadi

eʼlon qilindi
Tegishli shartnoma imzolandi
Foto: autostrada.uz

O‘zbekistonning Uzinfocom kompaniyasi Xitoyning IFlytek va BYD kompaniyalari bilan BYD avtomobillarida o‘zbek tilida Muxlisa AI ovozli yordamchisini joriy etish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Virtual yordamchi xitoylik ishlab chiqaruvchining avtomobillariga 2024-yil oxirigacha kiritilishi rejalashtirilgan.

E’tibor beramiz, IFlytek ovozli yordamchilarni ishlab chiqarishga, shuningdek, nutq sintezi va tanib olishga ixtisoslashgan. 2020-yilda ushbu kompaniya Xitoy ovozli dasturiy ta’minot bozorining 70 foizini nazorat qildi.

Xitoyning BYD konglomerati avtomobillar va elektromobillar ishlab chiqaradi. Shuningdek, kompaniya avtomobillar uchun akkumulyator va butlovchi qismlar ishlab chiqaradi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-yanvar kuni Jizzax viloyatida BYD elektromobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek