Past  daromad va 2024-yil uchun salbiy prognoz Tesla aksiyalarini 12 foizga tushdi

eʼlon qilindi
IV chorakda foyda kompaniya investorlarini qoniqtirmadi
Foto: Unsplash

Amerikaning elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi aksiyalari 2023-yilning IV choragi uchun hisobot va 2024-yil uchun salbiy prognoz e’lon qilinganidan keyin 25-yanvar kuni 12 foizga arzonlashdi, deb xabar berdi Forbes Russia.

O‘tgan yilning oktabr-dekabr oylari oxirida avtokonsernning foydasi 2,48 mlrd dollarga yetdi.Kompaniya sarmoyadorlari 2,61 mlrd dollar kutayotgan edi.

Tesla investorlarini avtomobil sotishdan tushgan daromad hayratda qoldirmadi. Yillik o‘sish atigi 1 foizni tashkil etib, 21,6 mlrd dollarni tashkil etdi.

Shuningdek, Tesla bu yil mahsulot ishlab chiqarishning pasayishini prognoz qilmoqda. Kompaniya prognozlariga ko‘ra, ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan «sezilarli darajada past» bo‘ladi.

Avvalroq, «Kursiv» Tesla yangi avlod avtomobilini yaratishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek