Qamchiq dovonini qalin qor qopladi

eʼlon qilindi
Magistral yo‘lda maxsus texnika ishlamoqda
Foto: Piqsels

Oʻzbekiston Qamchiq dovonida qalin qor yogʻdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati.

Magistral yo‘lda maxsus texnika ishlamoqda. Yo’l qordan tozalanib, unga qum va tuz aralashmasi sepildi. Dovondan o‘tayotgan haydovchilardan yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘raldi.

Video: Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati

Avvalroq, Kursiv yanvar oyi o‘rtalarida Qamchiq dovonini qalin tuman qoplagani haqida yozgan edi.

Shuningdek