Toshkentda toʻrtinchi Papa Johns pitseriyasi ochiladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Ochilish marosimi indinga boʻlib oʻtadi
Foto: nrn.com

28-yanvar kuni Toshkentda «Papa Johns»ning toʻrtinchi pitseriyasi ochiladi. Bu haqida franchayzining rasmiy sahifasi orqali maʼlum qilindi.

Pitseriya Yunusobod tumani, Niyozbek yoʻli koʻchasida joylashadi. Xalqaro tarmoq yil davomida mamlakat boʻylab restoranlar sonini 50 tagacha oshirishni reja qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Amerika pisseriyalar tarmogʻi Oʻzbekiston bozoriga oʻtgan yilning dekabr oyida kirib kelgandi.

Shuningdek