Xitoyning JAC avtomobillari Toshkentda yig‘iladi 

eʼlon qilindi
Kompaniya bu borada “Toshkent Invest Kompaniyasi” bilan kelishuvga erishdi
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

«Toshkent Invest Kompaniyasi» AJ va Xitoyning JAC kompaniyasi o‘rtasida Toshkentda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha investision shartnoma imzolandi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

1962-yilda asos solingan JAC kompaniyasi faoliyatining ilk bosqichida shlyuzlar uchun uskunalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik korxonalarda avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Bugungi kunda JAC brendi yuk ko‘targichlar, yengil, yuk avtomobillari va yo‘ltanlamaslar, shuningdek boshqa turlari texnika vositalarini yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Qayd etish kerakki, kompaniya Qashqadaryo viloyatida ham yengil avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.

Avvalroq, «Kursiv» 25-yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida BYD elektromobillarining ishlab chiqarilishiga start bergani haqida yozgandi.

Shuningdek