2023-yilda «Afrosiyob» tezyurar poyezdlarida 1,4 milliondan ortiq odam tashilgan, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, bunday poyezdlarda kuniga oʻrtacha 4 mingga yaqin odam tashilgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda «Afrosiyob» qatnovi yoʻlga qoʻyilganidan buyon ushbu tezyurar poyezdlar 7 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan.
Avvalroq, Kursiv O‘zbekistonda poyezd chiptalari 20 foizga qimmatlashishi haqida yozgan edi.