Pentagon: Oʻzbekistondagi sobiq AQSh bazasida uran borligi haqida bizda maʼlumotlar yoʻq

eʼlon qilindi
Ob'ekt 2001 yildan 2005 yilgacha AQSh Mudofaa vazirligi nazoratida bo'lgan
Foto: Air Mobility Command

Pentagon Oʻzbekistondagi sobiq AQSh armiyasining Qarshi-Xonobod (K2) bazasida uran konsentrati (sariq kek) borligi haqida maʼlumotga ega emas, deb jurnalistlarga xabar berdi vazirlik matbuot kotibi oʻrinbosari Sabrina Singx.

«Biz K2da sariq kek borligini tasdiqlovchi biron bir tadqiqot yoki hisobot borligidan xabardor emasmiz», dedi u.

Singx bu mavzuga keyinroq izoh berishini qo‘shimcha qildi.

2023 yil aprel oyida Associated Press agentligi Qarshi-Xonobod bazasida xizmat qilgan amerikalik harbiy xizmatchilar AQSh Mudofaa vazirligi ustidan sudga shikoyat qilgani haqida xabar bergan edi. Ularning fikricha, Pentagon harbiy ob’ektda zararli moddalar borligini ulardan yashirgan.

2015 yildan 2020 yilgacha K2da xizmat qilgan 75 kishi saraton kasalligidan vafot etdi. Keyinchalik yana o’n kishi shu sabab olamdan ko‘z yumgan, dedi Stronghold Freedom Foundation ijrochi direktori Mett Erpelding.

Eslatib o‘tamiz, 2001 yildan 2005 yilgacha Qarshi-Xonobod havo bazasi Pentagon nazoratida edi. Harbiy ob’ekt Afg’onistondagi Amerika qo’shinlarini oziq-ovqat va qurol bilan ta’minlash uchun ishlatilgan.

Avvalroq, Kursiv O‘zbekiston jahon armiyalari reytingida uch pog‘onaga tushib ketgani haqida yozgan edi.

Shuningdek