O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Samarqand shahrida qurilishi rejalashtirilgan «Buyuk ipak yo‘li» muzeyi loyihasi taqdimoti bilan tanishdi.
Shuningdek, uni YuNESKOning sobiq rahbari Irina Bokova, Og‘a Xon jamg‘armasining madaniyat bo‘yicha katta maslahatchisi Franchesko Bandarin va Wilmotte & Associés arxitektura byurosining boshqaruvchi direktori Borina Andriu ham ko‘rib chiqdi.
Bundan tashqari, ularga Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini rekonstruksiya qilish loyihasi taqdim etildi. Bu joy tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklarga ega inklyuziv muhit yaratadi.
Avvalroq, Kursiv Toshkentda uy muzeylari ta’mirlanishi haqida yozgan edi.