“Dok-1 Maks” ishi: vafot etgan bolalardan birining otasi 500 mlrd so‘m tovon puli so‘radi

eʼlon qilindi
Jabrlanuvchilarning yana biri sudlanuvchilardan 50 mlrd so‘m undirib berilishini talab qilmoqda
Foto: «O’zA»

«Dok-1 Maks» siropini ichish oqibatida vafot etgan Mansur Nosirovning otasi Nodirbek Nosirov sudlanuvchilarning umrbod qamoq jazosiga mahkum etilishi, shuningdek 500 mlrd so‘m miqdorida tovon puli undirib berilishini so‘radi. Bu haqida O‘zA maʼlum qildi.

Jabrlanuvchilardan yana biri, siropni qabul qilish oqibatida vafot etgan Sherzodbek Eliboyevning otasi Samit Otaboyev ham sudlanuvchilarni umrbod qamoq jazosiga mahkum qilishni, shuningdek ulardan 50 mlrd so‘m miqdorida tovon puli undirib berilishini so‘radi.

Jabrlanuvchilar o‘z talablarini 26-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisi vaqtida bildirishgan. 

Avvalroq, «Kursiv» uchta mamlakatda bolalarning ommaviy vafot etishi bilan bog‘liq voqealardan keyin Hindiston sirop ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ustidan nazoratni kuchaytirgani haqida yozgandi.

Shuningdek