O‘tgan yili respublika bo‘ylab 4 mingga yaqin noqonuniy qurilish aniqlangan

eʼlon qilindi
Prezident qurilish sohasida ko‘chalarning yagona qiyofasini hisobga olish tizimi yo‘qligini tanqid qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev turli uslubdagi binolar yonma-yon qurilib, shaharlarning arxitektura qiyofasi buzilayotgani, qurilish sohasida ko‘chalarning yagona qiyofasini hisobga olish tizimi yo‘qligini tanqid qildi.

Davlat rahbari raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda so‘nggi ikki yil ichida ko‘p qavatli uylarga tutash maydonlarda 7 mingdan ortiq o‘zboshimcha qurilish bo‘lgan maʼlum qilindi. Yana 5 mingta holatda umumiy foydalanishdagi joylar to‘sib olingan.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilning o‘zida 4 mingga yaqin noqonuniy qurilish aniqlangan.

Prezident Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylar atrofida noqonuniy avtoturargohlar qurilayotgani va «blokatorlar» o‘rnatish avj olganini qayd etib, mutasaddilarni aholi punktlarining bosh rejalari va rejalashtirish loyihalarini o‘z holiga tashlab qo‘yganini tanqid qildi.

Shuningdek