O‘zbekiston qurilish sohasidagi korrupsiya bilan qanday kurashadi?

eʼlon qilindi
Prezident qurilishni korrupsiyadan holi sohaga aylantirish uchun ustuvor vazifalarni belgilab berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda qurilish sohasidagi korrupsiya bilan kurashish uchun bir qator dolzarb vazifalar belgilab berildi. Bu haqida davlat rahbari matbuot xizmati maʼlum qildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 1 iyul sanasidan boshlab qurilish sohasiga oid barcha shartnomalar raqamlashtiriladi. Pudratchi tashkilotlar bajargan qurilish ishlarini moliyalashtirish faqatgina soliq organiga taqdim etilgan elektron hisob-fakturadan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, obyektni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilgan holda dalolatnomalar «Shaffof qurilish» orqali tasdiqlanadi.

Qiymati 10 milliard so‘mdan ortiq loyihalar bo‘yicha subpudratchilar faqatgina «Shaffof qurilish» tizimi orqali tanlanadi. Xalqaro moliya tashkilotlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalarda ham shu tartibga amal qilinadi.

Ishlab chiqaruvchi, quruvchi va nazorat qiluvchiga qaysi qurilish materiali qayerda va qancha narxda ekanligini onlayn kuzatib turish imkonini beradigan tizim ishlab chiqiladi.

Shuningdek